Senatorlar Toshkentdagi dehqon bozorlaridagi narx-navoni borib tekshirdi

Senatorlar Toshkentdagi dehqon bozorlaridagi narx-navoni borib tekshirdi

Senatorlar poytaxtdagi yirik dehqon bozorlarida bo‘lishib, narx-navo hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini tekshirdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabar qildi.

30 mart kuni Oliy Majlis Senati a’zolaridan iborat Ishchi guruh poytaxtning Mirobod, Yunusobod va Oloy dehqon bozorlarini ko‘zdan kechirishgan. Bozorlardagi narx-navolar esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning asossiz ekanligini tasdiqlagan.

"Dehqon bozorlari ma’muriyatlari tomonidan xaridorlar orasida masofa saqlanishi, odamlarning bir-biriga yaqin turmasligiga e’tibor berilib, ijtimoiy masofa borasida tushuntirish olib borilmoqda, tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bozorlarning kirish qismida esa xaridorlar uchun mazkur o‘rnatilgan maxsus dezinfeksiya uskunalari o‘rnatilgan", deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar