Sherzod Asadov Prezidentning joriy haftadagi ish rejasi bilan tanishtirdi

Sherzod Asadov Prezidentning joriy haftadagi ish rejasi bilan tanishtirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilayotgan brifingda ma’lum qilindi.

Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, bu haftada Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida gidrotexnik inshootlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tabiiy va aniq fanlar hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish to‘g‘risida taqdimot bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan.

«Ular bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida batafsil xabar beramiz», - deya qo‘shimcha qildi prezident matbuot kotibi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar