Prezidentning joriy haftadagi ish rejasi bilan Sherzod Asadov tanishtirdi

Prezidentning joriy haftadagi ish rejasi bilan Sherzod Asadov tanishtirdi

Prezidentning bu hafta uchun rejalashtirgan tadbirlari haqida davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov axborot berdi:

- Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimot;

- Hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

6 avgust kuni Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

5-6 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan maslahat uchrashuvi doirasida hamkorlikning muhim istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, Iqtisodiy forum, Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining uchrashuvi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmasi va milliy taomlar festivali ham bo‘lib o‘tadi.

Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan.

"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mas’uliyatli fuqaro sifatida albatta, vaksina olgan. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi. Zf-Uz Vac, Astrazeneka va Sputnik V. Prezident shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar".

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar