Sherzod Asadov Prezidentning haftalik ish rejasi bilan tanishtirdi. Davlat rahbari ilk marta bosma matbuotga intervyu bergan.
"Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini transformatsiya qilish, o‘quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish, yer hisobini yuritish sohasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”ga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Jurnalistlarimiz, umuman, xalqimiz uchun qiziqarli yana bir anons: 17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi.
Gazeta bosh muharriri Salim Doniyorov bilan bo‘lgan ushbu suhbatda O‘zbekistonning oxirgi 5 yillikdagi rivojlanish yo‘li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqidagi so‘z boradi. Ishonchim komilki, bu suhbat keng qamrovliligi, faktlarga boyligi va dasturiy ahamiyatga egaligi bilan barcha vatandoshlarimizda, shuningdek, xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otadi”, dedi Prezident matbuot kotibi.
Izoh qoldirish