Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi

Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka qayta saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Parlament quyi va yuqori palatalarining qo‘shma majlisida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Shavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasi va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qur’oni Karimga qo‘lini qo‘ygan holda qasamyod qildi.

Konstitutsiyaning 92-moddasiga binoan, Prezident quyidagi so‘zlarni aytdi:

«O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar