Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Oliy darajadagi muzokaralar bugun Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi 2020 yilning fevral oyida rejalashtirilgan edi. O‘sha yilning fevral oyida tashrif iyunda bo‘lib o‘tishi xabar qilingan, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar