Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi ochilishida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi ochilishida ishtirok etadi

Prezident poytaxtning Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Oldin bu kabi mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan. Shuningdek, yiliga 90 mln dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Majmuada 700 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi. Lekin turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Zavod qurilishi 2017 yilda boshlangan edi. Uni bunyod etishga 420 mln dollar sarflangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar