Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi (+foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 29 mart kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

30 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Vengriya davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.

Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda yangi davrni boshlab berishini ta’kidladi.

Viktor Orban yurtimizga kelganidan mamnunligini bildirib, Vengriya O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Muzokarada siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarini o‘zaro ishonch va keng doiradagi umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yangi sohalarni ishga solish, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha qarashlar va yondashuvlar umumiy ekani tasdiqlandi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar