Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi natijalari e’lon qilindi.

MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev saylov natijalariga ko‘ra, O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan lavozimga qayta saylangani haqida ma’lum qildi.

«Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchilardan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz bilan birga hisoblaganda 16 million 212 ming 343 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 80,4 foizidan iboratdir», deya ta’kidladi MSK raisi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar