Sirdaryo viloyati ichki savdosining 2023 yil yanvar-sentyabr holati tahlil qilindi

Sirdaryo viloyati ichki savdosining  2023 yil yanvar-sentyabr holati tahlil qilindi

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 3 300,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,7%ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 258,1 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 7,8%ni (o‘sish sur’ati 93%), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 3 042,1 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 92,2%ni (o‘sish sur’ati 104,7%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 335,8 mlrd. so‘mni, ulushi 10,2%ni (o‘sish sur’ati 117,6%) tashkil etdi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasi 2 465,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 9,4%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 497,2 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 20,2%ni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 barobarga oshgan), kichik biznes va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 1 968,1 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 79,8%ni (o‘sish sur’ati 96,1%) tashkil etdi.

O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 654,3 ming so‘mni (2022 yilning mos davriga nisbatan 101,7%) tashkil etdi.

Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Guliston shahrida 12 741 ming so‘m, Yangiyer shahrida 6 631,9 ming so‘m hamda Sirdaryo tumanida 4 754,4 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Xovos tumanida 1 000,6 ming so‘m va Boyovut tumanida 1 429,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Saibov Farrux Farxodovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar