Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali tomonidan 2022 yil davomida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi.
2022 yilda Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 12 575 mlrd so‘mni tashkil etdi. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 15,5 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 78 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 6 foizi davlat byudjeti va 4 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 75,8 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 22,7 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 44 foizi (5 512 mlrd so‘m) Boyovut tumaniga, 16 foizi (1 991 mlrd so‘m) Xovos tumaniga to‘g‘ri keladi.
Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish