Sirdaryo viloyatida Sanoat sohasining 2023 yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha tahlil qilindi

Sirdaryo viloyatida Sanoat sohasining 2023 yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha  tahlil qilindi

2023 yilning yanvar-iyun oylarida jami 7327,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 106,7% ni (2-o‘rin), respublikadagi ulushi 2,5% ni (13-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Shirin shahri (110,8%), Sardoba (108,2%) va Sayxunobod (107,1%) tumanlarida viloyat o‘rtacha o‘sish darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Sanoat mahsulotlari hajmining 64 foizi Shirin shahri (44%) va Sirdaryo tumanii (20%), hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 38% ni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 2,5 punktga o‘sgan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 8135,4 ming.so‘mni (5-o‘rin), o‘sish sur’atlari 104,6% ni (2-o‘rin) tashkil etdi.

Shirin shahri (167 640 ming so‘m) va Sirdaryo (10 632 ming so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari viloyat o‘rtacha darajasidan yuqori, Xovos (1 296 ming so‘m) va Sardoba (1803 ming so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Jami sanoat mahsulotlarining 58% qayta ishlash va 41% elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati ulushi – 0,5% va oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,4% ni tashkil etdi.

Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (33%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (31%) boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish (8%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

1 iyul holatiga 135 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, sanoat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalar soni 1521 tani tashkil etdi. KBSning jami sanoatdagi ulushi 32,6%, sohada hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3517 ming so‘mni tashkil etdi.

Xujakulov Ulug‘bek Suvonkulovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar