Sirdaryo viloyatining 2023 yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasi tahlil qilindi

Sirdaryo viloyatining  2023 yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasi tahlil qilindi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 10 152,3 mlrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar –9 693,1 mlrd.so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 362,1 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 97,1 mlrd.so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 106,8% ni (1-o‘rin), respublikadagi ulushi 3,5% ni (12-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Guliston (114,7%), Xovos (109,7%) va Sayxunobod (107,5 %) tumanlarida qayd etildi.

YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 38,6% ni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 0,8 punktga kamaygan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 11 241,3 ming so‘mni (4-o‘rin) tashkil etdi.

Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Oqoltin (21 930,8 ming so‘m), Sayxunobod (18 475,3 ming so‘m) va Sardoba (15 793,7 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 56% dehqonchilik, 44% chorvachilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 54,9% dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida, 34,6% fermer xo‘jaliklarida hamda 10,5% qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan yetishtirildi. Sohada kichik biznes ulushi 4 foiz punktiga oshib 96,9% ni tashkil etdi.

Saibov Farrux Farxodovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar