2023 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 11 401 tani (-19,2%), har 1000 kishiga esa 12,7 tani tashkil qildi.
2023 yil yanvar-mart oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) 54,8% (2022 yil yanvar-martida 56,8%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 70,6 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 76,8%ini tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Shirin va Yangiyer shaharlarida – 100,0%, Xovos va Sayhunobod – 99,9%, Sardoba – 98,8%, Oqoltin – 87,1% tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Guliston tumanida – 0,3%ni tashkil etdi.
Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 93,1 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 75,6%ini tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu davrda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Sardoba, Xovos, Oqoltin, Guliston, Sayhunobod tumanlarida va Yangiyer shahrida – 100,0% kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Guliston shahrida – 38,3%ni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 1 202,7 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 31,3%i)ni tashkil qildi;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo tumani (258,9 mlrd. so‘m), Shirin shahri (229,8 mlrd. so‘m), Guliston shahar (161,2 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (128,7 mlrd. so‘m), tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 519,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 81,9%i) bajarildi va 2022 yilning shu davriga nisbatan 89,5%ni tashkil etdi;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Guliston shahar (209,8 mlrd. so‘m), Mirzaobod (77,4 mlrd. so‘m), Sirdaryo (54,0 mlrd. so‘m), Guliston (38,3 mlrd. so‘m), Yangiyer (35,6 mlrd. so‘m), Xovos (30,2 mlrd. so‘m) va Boyovut (20,9 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 962,2 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 91,7%ni tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 101,3%ga o‘sishi kuzatildi.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p tovar aylanmasi hajmi Guliston shahar (366,3 mlrd. so‘m), Sirdaryo (193,1 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (94,8 mlrd. so‘m), Mirzaobod (72,5 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 674,3 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 50,1%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 103,1%ni tashkil qilgan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Guliston shahar (187,0 mlrd. so‘m), Sirdaryo (128,7 mlrd. so‘m), Yangiyer (78,8 mlrd. so‘m) va Mirzaobod (45,0 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 1 267,0 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 98,4%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 103,8%ni tashkil qilgan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Boyovut (209,4 mlrd. so‘m), Sayhunobod (178,3 mlrd. so‘m), Guliston (163,7 mlrd. so‘m) va Sardoba (158,5 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish