2022 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari

2022 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari

2022 yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra viloyat iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi.

Yil yakunlariga ko‘ra yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 3,1 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 105,6%ni, YaHM tarkibidagi qishloq, xo‘jaligi ulushi 19,9%, sanoat ulushi 34,8%, qurilish ishlari ulushi 7,7%, xizmatlar ulushi 37,6%, tashkil etdi.

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari 124,6%, chakana savdo aylanmasi 103,5%, xizmatlar 113,4% ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar respublika o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, aholi jon boshiga YaHM hajmida 4-o‘rin, sanoat tovarlari ishlab chiqarishda 4-o‘rin, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarida 5-o‘rin, qishloq xo‘jaligida 5-o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalarda 2-o‘rin, chakana savda aylanmasida 5-o‘rinda.

O‘sish sur’atlari va aholi jon boshiga ko‘rsatkichlar yuqoriligiga qaramasdan viloyatning respublika iqtisodiyotidagi ulushi pastligicha qolmoqda.

Jumladan, YaIM (1,9%), xizmat (1,5%), qurilish ishlarida (2,2%), chakana savdoda (1,6%) sohalarida 14-o‘rin.

Feruz Raximov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar