Qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi. Viloyatda 11 994 mlrd so‘mlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,6%) qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan dehqonchilik mahsulotlari – 6 446 mlrd so‘m, chorvachilik mahsulotlari – 5 360,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarida viloyatning ulushi 9,1%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 6-o‘rinni egallagan.
Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4 350,1 ming so‘m bo‘lib, respublika hududlari orasida 6-o‘rinni egallagan va o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,3 foizni tashkil etgan.
Viloyatda dehqon (shahsiy yordamchi) xo‘jaliklari tomonidan-75,2%, fermer xo‘jaliklari tomonidan-19,9%, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan – 4,9% qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Qishloq xo‘jaligida chorvachilikning ulushi-82,4%, dehqonchilik-14,8%, o‘rmon va baliqchilik-2,8%ni tashkil qilgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish surati 102,6% ni tashkil qilgan.
Tuman (shahar)lar kesimida yetishtirilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmini solishtiradigan bo‘lsak, Denov (18,3%), Sherobod (10,4%), Jarqo‘rg‘on (9,1%), Muzrabot (7,8%), Qumqo‘rg‘on (6,9%), Sho‘rchi (6,6%), Sariosiyo (6,5%), Uzun (6,4%), Angor (6%), tumanlari yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Oltinsoy (4,7%), Termiz (4,6%), Boysun (4,3%), Qiziriq (4,2%), Bandixon (3,7%) tumanlari va Termiz shahri (0,4%) qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Shuningdek, birgina Denov tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Termiz shahriga qaraganda 47,3 baravarga kattadir.
Shu qatordan, faqatgina, Termiz (10,2% ga kamayish), Qiziriq (4%) tumanlaridan tashqari, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sish sur’ati viloyatning deyarli barcha tumanlarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda, nisbatan o‘sish kuzatilgan.
Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyatda jami 617196 tonna don va dukkakli mahsulotlar yetishtirilgan bo‘lib, shundan bug‘doy mahsulotlari – 605708,8 tonnani tashkil qiladi.
Jumladan, jami sabzavotlar-564 490 tonna, 217 932 tonna kartoshka, meva va rezavorlar-78 842 tonna, oziqbop poliz ekinlari-59 253 tonna, uzum-13839 tonna, so‘yish uchun yetishtirilgan tirik vazndagi qoramollar va parrandalar-89 604 tonna, sut- 435 012 tonna, 274 516 ming dona tuxum mahsulotlari yetishtirildi.
Joriy yilning mos davrida viloyat bo‘yicha jami 1405,7 tonna baliq ovlangan bo‘lib, shundan asosiy qismi viloyatning Denov (17%), Angor (13,8%), Jarqo‘rg‘on (12,8%), Sho‘rchi (11,6%), Termiz (10,4%) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish