Xizmat ko‘rsatish. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi 5930,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan holda, o‘tgan yilga nisbatan 112,7%ga oshgan. Xizmatlar hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 3,7%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 9-o‘rinni egallagan.
2022 yil yanvar-iyun oylarida jami xizmatlar tarkibida savdo (36,3%), moliya (20,4%) va transport (14,8%) xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash (1,6%), me’morchilik (1,6%), ko‘chmas mulk (2,4%), ijara va lizing (2,5%), shaxsiy xizmatlar (2,8%), kompyuter, maishiy tovarlarni ta’mirlash (2,7%), yashash va ovqatlanish (3,2%), ta’lim (4,5%), axborot va aloqa (4,8%) xizmatlarining ulushi past bo‘lgan.
Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatda sog‘liqni saqlash xizmati (95%)dan tashqari barcha xizmat turlari bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichi qayd etilgan. Eng yuqori o‘sish sur’ati axborot va aloqa (124,3%), moliya (122,6%) va ijara va lizing (114,7%) xizmatlari sohalarida kuzatilgan.
Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini hududlar kesimida solishtiradigan bo‘lsak, eng yuqori ulush Termiz shahri (28,3%) va Denov tumani (12,4%) hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan tumanlar, Qumqo‘rg‘on (6,4%), Sariosiyo (5,9%), Jarqo‘rg‘on (5,7%), Sherobod (5,3%), Sho‘rchi (5,3%), Termiz (4,6%), Yakkabog‘ (5%), Kasbi (4,6%), Muzrabot (4,5%), Angor (4,2%), Uzun (4,1%), Oltinsoy (4%), Qiziriq (3,9%), Boysun (3,1%) va Bandixon (2,3%) tumanlarining viloyat jami xizmatlardagi ulushi nisbatan past bo‘lgan.
Xususan, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatning barcha hududlarida xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilgan. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Termiz shahri (117,2%), va Denov (116,1%) tumanlarida kuzatilgan.
Xizmatlar sohasi bo‘yicha viloyatning barcha tuman (shahar)larida o‘sish sur’atlari ta’minlanganiga qaramasdan, jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi bo‘yicha Respublika hududlarida orasida viloyat ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 2150,9 ming so‘m (Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,1 baravar kam) bo‘lib, hududlar orasida 13-o‘rinni egallagan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi bo‘yicha birgina Termiz shahri (4,1 baravar yuqori) va Termiz (1,6 baravar) tumani viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ko‘rsatkichga erishgan. Viloyatning qolgan tumanlarida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi nisbatan ancha pastdir. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmining o‘sish ko‘rsatkichi Denov (113,9%), Termiz shahri (113%) va Qumqo‘rg‘on (110%) tumanlarida yuqori bo‘lgan.
Izoh qoldirish