Surxondaryo viloyatining 2023 yil 9 oyidagi demografik ko‘rsatkichlari

Surxondaryo viloyatining 2023 yil 9 oyidagi demografik ko‘rsatkichlari

2023 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra viloyatda doimiy aholi soni 2 858,7 ming nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,5%ga oshgan. Jumladan, aholi tarkibida shahar aholisining ulushi 36,2%, qishloq aholisi esa 63,8%ni tashkil qilgan.

Viloyat ma’muriy-hududiy jihatdan 1 ta viloyat bo‘ysunuvidagi shahar va 14 ta tumanga bo‘lingan, aholi zichligi 1 kv. km.ga 142,2 kishiga to‘g‘ri keladi. Ma’muriy markazi – Termiz shahri bo‘lib, aholi soni 200,0 ming nafar.

Hududlar kesimida aholi sonining yuqori ulushi Denov (viloyat jami aholisining 14,6%), Qumqo‘rg‘on (8,9%), Jarqo‘rg‘on (8,3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Aholining 55,6% - mehnat yoshdagilar, 35% - mehnat yoshidan kichiklar va 9,4% - mehnat yoshidan katta bo‘lganlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 65,4 mingta tug‘ilganlar (9% o‘sish) qayd etilgan bo‘lib, shundan o‘g‘il bolalar 34,0 ming kishini, qiz bolalar 31,4 ming kishini tashkil etadi. Hududlar kesimida o‘tgan yilga nisbatan tug‘ilishning yuqori koeffitsiyenti Termiz (20% o‘sish), Jarqo‘rg‘on (15%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, viloyatda 10,6 ming nafar o‘lim qayd etilgan bo‘lib, vafot etganlarning 63,1% - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 6,8% - xavfli o‘simtalar, 3,5% - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanish, 2,9% - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari, 9,1% - nafas olish a’zolari kasalliklari va boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Tahlil davrida, viloyatda nikoh qurgan oilalar soni 15 276 nafar, nikohdan ajrimlar soni esa 2 213 nafarni tashkil qilgan.

Ajrimlar soni Denov (341 nafar) va Termiz shahrida (251 nafar) yuqori bo‘lgan.

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatga ko‘chib kelganlar soni 7,8 ming nafarni, ko‘chib ketganlar soni esa 10,3 ming nafarni tashkil qilgan.

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar