Suv inshootlariga quyosh panellari o‘rnatilmoqda

Suv inshootlariga quyosh panellari o‘rnatilmoqda
Foto: "O‘zsuvta’minot" AJ

Toshkent viloyatidagi “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Yuqori Chirchiq tumani filialining "Javqashti-2014" suv inshootiga quyosh panellari o‘rnatildi. Bu haqda "O‘zsuvta’minot" AJ axborot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur panellar soatiga 7 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

– Ushbu inshootda sutkalik elektr energiyasi sarfi 168 kVtni tashkil qiladi, quyosh panellari yordamida esa energiya sarfi salkam 70 foizga kamayadi, – deydi “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi boshlig‘i To‘rabek Odinayev. – Hozirgi kunda 145 xonadonga ichimlik suv yetkazib berilayotgan bo‘lsa, endilikda yana 65 xonadonga xizmat ko‘rsatish mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar