Infografika: Toshkent viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Infografika: Toshkent viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Markaz ekspertlari viloyatda so‘nggi yillarida yuz bergan faol islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlarini taqdim etdi.

2017-2020 yillar davomida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 19 foizga oshib, 24 trln. so‘mdan 64,9 trln so‘mga yetdi.

Shu davr mobaynida YaHMning sanoat va qurilish sohasi 31,4 foizdan 49,2 foizga o‘sdi.

Bozor xizmatlari 30 foizga ko‘payib, 8,1 trln. so‘mdan 16,4 trln so‘mga yetdi.

So‘nggi besh yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 16,9 trln so‘mdan 65,9 trln so‘mga yetib, 34 foizga oshdi.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2016 yildagi 37,5 ming donadan 2020 yilda 52,3 ming donaga 39 % ko‘paydi.

Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 46 km gaz quvuri tarmoqlari, 28 km avtomobil yo‘llari va 593 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi.

Shu davr mobaynida 297 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

O‘tgan besh yil davomida viloyatda 60 67 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 2,3 ming o‘rin, maktablarda 37,2 ming o‘rin, shifoxonada 3,5 ming o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar joylashtirildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar