Tadbirkorlar davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin

Tadbirkorlar davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin

“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan tadbirkorlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin.

Bunda:

  • agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari xodimlari akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan va ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega bo‘lishi shart;
  • sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi va ularni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
  • tadbirkorlar tomonidan agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi;
  • Davlat xizmatlari agentligi agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
  • fuqarolar uchun yagona elektron reyestr orqali o‘ziga qulay agentlarni tanlab olish imkoniyati yaratiladi;
  • agent xizmatlari uchun fuqarolar tomonidan alohida to‘lov amalga oshiriladi, bunda narxlar tadbirkorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan agent sifatida xizmatlar ko‘rsatilishi taqiqlangan davlat xizmatlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar