Talabalar qanday holatlarda akademik ta’til olishlari mumkin?

Talabalar qanday holatlarda akademik ta’til olishlari mumkin?

Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

  • harbiy xizmatni o‘tash uchun;
  • salomatligini tiklash uchun;
  • homiladorlik va tug‘ish uchun;
  • bolalarni parvarish qilish uchun.

Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

➖ harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

➖ salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga;

➖ homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun – homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.

Talabalarga o‘qish davomida 2 marta, (tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga 3 martagacha) akademik ta’til berilishi mumkin.

1-kurs talabalariga akademik ta’til faqat ularning kasalligi tufayli beriladi.

Akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar