Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt shaklida yillik o‘qitish qiymati miqdorlarini tasdiqladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
To‘lovlar miqdori bakalavriat va magistraturada ta’lim yo‘nalishlari va shakllari (kunduzgi, sirtqi va kechki), shuningdek, stipendiya bor va yo‘qligiga bog‘liq.
Bundan tashqari, 1 noyabrga qadar koronavirusga qarshi emlangan talabalarga bazaviy kontraktning (stipendiyasiz) 10 foizi miqdorida chegirma belgilandi.
Masalan, gumanitar sohada «Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta’lim» yo‘nalishi bo‘yicha kontrakt miqdori quyidagichani tashkil etmoqda:
- bakalavriat — stipendiya bilan 12,6 mln so‘m (o‘tgan yili pandemiya tufayli joriy etilgan chegirma bilan 10,9 mln so‘m edi, o‘sish — 15,7%), stipendiyasiz 6,4 mln so‘m (5,7 mln so‘m) va 10 foizlik chegirma bilan 5,7 mln so‘m;
- magistratura va ikkinchi mutaxassislik — stipendiya bilan 13,98 mln so‘m (12,9 mln so‘m) va stipendiya bilan 7,7 mln so‘m (6,99 mln so‘m);
- To‘liq jadval
Bazaviy kontraktlar qiymati
Izoh qoldirish