To‘qimachilik sanoatini yuksaltirish
So‘nggi yillarda mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatida tub miqdor va sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Shu vaqt mobaynida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 5,1 baravarga oshdi. 2016-2021 yillarda tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti 6,2, paypoq mahsulotlari eksporti esa 15 433 foizga o‘sdi. Umumiy eksportda to‘qimachilik sanoatining ulushi 17,7 foizga yetdi. Eksport qilinayotgan mahsulotlarning turlari esa 450 dan oshdi.
Mamlakatimizda 2016 yildan boshlangan yangi davrda to‘qimachilik sanoati shiddatli darajada rivojlanib, O‘zbekiston iqtisodiyotining drayverlaridan biriga aylandi. Qisqa fursatlarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik) sanoatini rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar yaratildi. Harakatlar strategiyasida belgilangan ulkan chora-tadbirlar ichida ham paxta tolasini chuqur qayta ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston jahonning eng ko‘p paxta yetishtiradigan va eksport qiladigan davlatlari... ...
Izoh qoldirish