Toshkent xorijliklar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi

Toshkent xorijliklar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi

Mercer konsalting guruhi odatdagidek xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingini e’lon qildi. Unda uchinchi bor Gonkong yetakchilik qilmoqda.

Eng qimmat shaharlar reytingining keyingi o‘rinlarida Turkmaniston poytaxti Ashxobod (2-o‘rin), Osiyo shaharlaridan Tokio (3-o‘rin), Singapur (5-o‘rin), Shanxay (7-o‘rin), Pekin (10-o‘rin) ham bor.

Yashash uchun eng arzon shaharlar sifatida esa Toshkent, Bishkek, Namibiyadagi Vindxuk shahri hamda Tunis e’tirof etilgan.

2020 yil mart oyida The Economist Intelligence Unit e’lon qilgan eng arzon va eng qimmat shaharlar reytingida ham Toshkent ro‘yxatning 132-o‘rnida qayd etilib, eng arzon ya’ni, yashash uchun zarur narsalar narxi yuqori bo‘lmagan shaharlar o‘ntaligida qolgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar