Turkiya kompaniyasi Qibrayda “Invest Village” loyihasi doirasida zamonaviy uylar quradi

Turkiya kompaniyasi Qibrayda “Invest Village” loyihasi doirasida zamonaviy uylar quradi

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida “Invest Village” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur loyiha Qibray tumanining “Tuzel” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilishi belgilangan. Uning umumiy qiymati 25 million dollarga teng. Shundan 20 million dollari Turkiyaning “Toleza Tekstil Sanayı lç ve Diş Tic. Ltd. Ști.” kompaniyasi tomonidan kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘i bo‘lsa, 5 million dollari mahalliy kichik biznes sub’yekti - “Super Garden” MChJga tegishlidir.

Qarorda qayd etilishicha, “Invest Village” loyihasining ro‘yobga chiqarilishi natijasida zamonaviy turar-joy binolari qurilib, uning 5 foizi Toshkent viloyati hokimligiga beriladi. Shuningdek, bu yerda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar