Toshkentda tashkil etilgan onlayn matbuot anjumanida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toshkent filiali ochilishi haqida ma’lum qilindi.
Universitet filiali dual ta’lim tizimiga asoslangan biznes va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, ular turk, fransuz, nemis va xitoy tillarini o‘rganadi.
Bir yillik o‘qish qiymati 4000 AQSh dollarini (o‘quv yili 3 simestrdan iborat) tashkil etadi. Birinchi kurslar uchun grantlar ham mavjud.
Filialda hozircha ikkita yo‘nalish mavjud – elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish hamda xalqaro biznes va tadbirkorlik.
O‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar havolada keltirilgan ariza shaklini to‘ldirish orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Kirish imtihoni 15 avgust kuniga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish