Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes-forumida ikki mamlakat ishbilarmonlari investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun 655 million dollarlik 199 ta bitimlar imzoladi.
Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati rahbari Gulshan Botirova AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Shu jumladan, umumiy qiymati 172 million dollardan ortiq bo‘lgan 50ta investitsiyaviy loyiha va qariyb 483 million dollarga teng 149 ta eksport shartnomalari tasdiqlandi.
Ikki mamlakat ishbilarmonlari tomonidan:
- Qashqadaryo viloyatida kimyo sanoati yo‘nalishida 1ta 1,5 mln. dollarlik loyiha,
- Namangan viloyatida oziq-ovqat va charm-poyabzal sanoati bo‘yicha 22,5 mln dollarlik 8ta loyiha ishga tushirish rejalashtirilgan. Namangan viloyatida tuyaqush fermasini tashkil etish nazarda tutilgan.
- Samarqand viloyatida bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun 1ta 100 ming dollarlik investitsiya loyihasini joriy etish ko‘zda tutilgan.
- Sirdaryo viloyati oziq-ovqat sanoatiga 17 mln dollarlik 5 ta loyiha,
- Surxondaryo viloyatida esa farmatsevtika, charm-poyabzal, qurilish, oziq-ovqat tarmoqlariga qiymati 103 mln 200 ming dollardan ortiq 30 ta loyiha jalb etilmoqda.
- Toshkent viloyatida turizm, oziq-ovqat va qurilish sohalarida 4ta 19 mln 600 ming dollarlik investitsion loyiha ishga tushirishga kelishildi.
Eksport shartnomalari bo‘yicha:
- “O‘zavtosanoat” bilan umumiy miqdori 8,5 mln dollarlik,
- “O‘zmetkombinat” AJ bilan 65 mln 100 ming dollarlik,
- “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ bilan 9 mln dollarlik,
- “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan 35 mln 600 ming dollarlik,
- “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi bilan 5 mln dollarlik,
- “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan 9 mln dollarlik,
- Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan 5 mln 700 ming dollarlik va boshqa bir qator tarmoq birlashmalar bilan eksport shartnomalari imzolandi.
Izoh qoldirish