AYoQShlarda tadbirkorlar tomonidan respublika hududiga chet davlatlardan import asosida olib kelingan avtobenzin va dizel yonilg‘isi sotilmoqda.
So‘nggi paytlarda, avtotransport boshqaruvchilari tomonidan avtobenzin va dizel yonilg‘isining sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan talablarga javob bermasligi to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘payganligi kuzatilmoqda.
Yuqoridagi holatlarni o‘rganish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJning mutaxassislari tomonidan Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim xususiy AYoQShlarda va neft bazalarga qarashli bo‘lgan AYoQShlarda aholiga sotilayotgan avtobenzin va dizel yonilg‘ilaridan mart-aprel oylarida amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga binoan namunalar olindi.
Olingan namunalar “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodining akkreditatsiyadan o‘tgan kimyo-nazorat laboratoriyasida tahlildan o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, afsuski, AYoQShlarda sotilayotgan avtobenzin va dizel yonilg‘isi sifat ko‘rsatkichlari amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan ko‘rsatkichlardan farq qilinishi, ya’ni sifat ko‘rsatkichlari talabga javob bermasligi aniqlandi.
Aniqlangan sifatsiz avtobenzin va dizel yonilg‘isi mahsulotlari import asosida olib kelinayotgan neft mahsulotlari jumlasiga kirganligini, ma’lumot tariqasida mutasaddi tashkilotlar va iste’molchilar e’tiboriga havola qilishni “O‘zbekneftgaz” AJ maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Shuni qayd etish lozimki, avtobenzin va dizel yonilg‘isining sifat ko‘rsatkichlarining talab darajasida bo‘lmasligi avtotransport vositalari va qishloq xo‘jaligi texnika vositalarining holatiga, atrof muhitga salbiy ta’sirini oshiradi.
Izoh qoldirish