2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 115,3 mln dollariga teng bo‘lgan 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, benzin importi 2020 yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga yoki 36,3 foizga oshgan.
O‘zbekistonga benzinning asosiy qismi Rossiya (145,3 mln litr) va Turkmaniston (141,2 mln litr) davlatlaridan import qilingan. Shuningdek, Qozog‘iston (16 mln litr), Iroq (3,6 mln litr) va Erondan (1,8 mln litr) ham mamlakatga benzin olib kelingan.
2021 yilda O‘zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-98 markali benzin ishlab chiqarildi. 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish