Ozarbayjon kompaniyalari bilan yangi qo‘shma korxona tashkil etishning dastlabki qadamlari belgilab olindi

Ozarbayjon kompaniyalari bilan yangi qo‘shma korxona tashkil etishning dastlabki qadamlari belgilab olindi

Joriy yilning 20 noyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJda «Socar», «Socar Trading» va «Chemtrade LLC» kompaniyalari vakillaridan iborat Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv joriy yilning oktyabr oyida "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisining Bokuga tashrifi chog‘ida tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etildi.

Uchrashuvda savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida yangi qo‘shma korxona tashkil etishning dastlabki qadamlari belgilab olindi.

Ta’kidlash joiz, ushbu yangi qo‘shma korxona "O‘zbekneftgaz" AJ uchun yangi yo‘nalish bo‘ladi. Yevropaning, shuningdek, O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport yo‘laklari bo‘lmagan boshqa mamalakatlarning eksport bozorlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.

"O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar