YeOIIga a’zo davlatlar mehnat migrantlarining imkoniyatlari a’zo bo‘lmagan davlatlar, jumladan, MDHning boshqa davlatlariga nisbatan ko‘proq qulayliklar yaratilgan.
Birinchidan, YeOIIga a’zo davlatlar fuqarolari ishlash uchun ruxsatnoma olishlari shart emas, fuqarolik shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
Ikkinchidan, a’zo davlatlar fuqarolari, ya’ni migrantlar va ularning oila a’zolari 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan a’zo mamlakatlar hududida bo‘lishlari mumkin. Migrant va uning oila a’zosining a’zo mamlakatlar hududida vaqtincha bo‘lib turish muddati mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada ko‘rsatilgan holda belgilanadi.
Uchinchidan, ijtimoiy ta’minot (ijtimoiy sug‘urta) sohasida va daromad solig‘i stavkasi belgilanishida ham o‘sha davlat fuqarolari bilan teng ravishda qaraladi.
To‘rtinchidan, diplomlar va malaka sertifikatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.
Beshinchidan, pensiya ta’minoti uchun ishlangan ish staji hisobga olinadi.
Oltinchidan, shoshilinch tibbiy yordam migrantlarga hamda ularning oila a’zolariga, mazkur davlat fuqarolari kabi bir xil va shartlarda bepul taqdim etiladi.
Izoh qoldirish