Jizzaxda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda

Jizzaxda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda, dedi Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Azim Ahmedxadjayev Facebook'dagi rasmiy sahifasida.

Avvalroq, «ADM Jizzakh» MChJ Jizzaxda Lada, Kia, Renault avtomobillarini ishlab chiqarishi haqida xabar berilgan edi. Bu haqda Prezidentning 2021 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar manzilli dasturida aytib o‘tilgan.
Viloyat hokimi o‘rinbosarining gaplariga ko‘ra, Fransiyaning O‘zbekistondagi Ishonchli Muvaqqat vakili Bris Rokfey hamda fransuz biznes-hamkorlari bilan uchrashuvda Renault Avtovaz avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi haqida ma’lum bo‘lgan.
Fransiya tomoni ishtirok etgan Jizzaxning uch investitsiya loyihalarining hozirgi ahvoli muhokama qilindi:
  • float-oyna va FIVES STEIN avtomobillar uchun oyna ishlab chiqarish zavodi;
  • mahalliy ishlab chiqarilayotgan BOPP plyonkalarini sotish (ayni paytda oziq-ovqat uchun plyonka mamlakatga import qilinmoqda);
  • Joriy yilda Renault Avtovaz avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar jarayonida mazkur loyihalarni amalga oshirishning aniq muddatlari belgilab olindi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida turizm biznesini rivojlantirish uchun Fransiyaning sayyohlik kompaniyalarini jalb etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari Bris Rokfey Jizzax hududini rivojlantirishdagi jadal o‘sish sur’atini alohida qayd etib, butun mo‘ljallangan qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga qat’iy ishonch bildirdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar