Orif Bo‘tayev Sanoatqurilishbank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Orif Bo‘tayev Sanoatqurilishbank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Orif Bo‘tayev Sanoatqurilishbank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Orif Aliboyevich Bo‘tayev O‘zsanoatqurilishbank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ning bank sektoridagi axborot manbalari xabar qildi.

Orif Bo‘tayev (1983 y. t.) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2006) va Bank-moliya akademiyasi (2012) bitiruvchisi.

U o‘tgan yilning noyabrida Markaziy bank rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar MBning Kredit ma’lumotlarining davlat reyestrini yuritish departamentini boshqargan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar