15 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonda Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturi doirasida Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan birgalikda joriy etilayotgan tashabbuslardan biri bo‘lgan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi platformasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akseleratorining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy, Bosh vazir o‘rinbosari-O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O.Hakimov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimligi va boshqa mansabdor shaxslar ishtirok etdi.
Akseleratorning asosiy vazifasi davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi dolzarb muammolarni tez va samarali hal etishdan iborat. Akselerator guruhlari har bir 100 kunlik muddat ichida maxsus yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida davlat organlari, xususiy sektor va boshqa manfaatdor tomonlar bilan ishlaydi.
Marosimda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O.Hakimov so‘zga chiqib, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi platformasida O‘zbekiston Hukumat Akseleratori ofisining bugungi rasmiy ochilishi ikki hukumat o‘rtasida uzoq yo‘l va muvaffaqiyatli strategik sheriklik samarasi ekanini, ikki mamlakat rahbariyati o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarini aks ettiruvchi hamkorlik ekanini ta’kidladi.
"Mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akseleratorining tashkil etilishi bunga yaqqol misoldir", - dedi O.Hakimov.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning birinchi Hukumat Akseleratori ishini tashkil etishda BAA rahbariyati tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
So‘ngra, BAAning hukumat ishlari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Huda Al-Hashimi tadbir ishtirokchilariga murojaat qildi.
"Bugun biz Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi negizida Akselerator guruhlari tajriba o‘tkazishi, prototiplar yaratishi va yuqori maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan zamonaviy makon asosida tashkil etilgan O‘zbekiston Hukumat Akseleratorining rasmiy ochilishini nishonlaymiz. Hukumat Akseleratori ofisining ochilishi 2019 yilda boshlangan ikki mamlakat jamoalarining birgalikdagi sa’y-harakatlaridir.
Ushbu butun davr mobaynida BAA va O‘zbekistonda 260 soatlik mashg‘ulotlar o‘tkazildi, jumladan, metodologiyani ishlab chiqish maqsadida qo‘shma seminarlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, biz Akselerator ishga tushirilishi davomida Akselerator jamoalarining muntazam haftalik uchrashuvlarida ikki jamoa o‘rtasida katta fidoyilik ko‘rsatganidan faxrlanamiz. Bundan tashqari, bu jarayon pandemiya davrida ham to‘xtamadi, ammo asta-sekin onlayn masofadan foydalanish metodologiyasiga o‘tdi", dedi vazir o‘rinbosari.
Xulosa qilib aytganda, Huda Al-Hashimi xonim doktor Obid Hakimov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Akselerator jamoasiga va o‘zbekistonlik hamkorlariga samimiy minnatdorlik bildirib, bugun "biz Sizning jamoangizning mashaqqatli mehnati va ushbu tashabbusning muvaffaqiyatiga bo‘lgan sadoqati tufayli bu yerdamiz va ishonchim komilki, biz birgalikda ishlashni davom ettiramiz va har qanday zarur yordam berishga tayyormiz".
O‘zimning intervyumda, avvalo, men so‘nggi 3 yil davomida birga ishlagan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun Prezident janob Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Tadbir doirasida, Akselerator rahbariyati birinchi 100 kunlikda to‘rtta yo‘nalish, ya’ni qurilishga ruxsat berish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shaharlar bosh rejalarini ishlab chiqish va kommunal to‘lovlar uchun yagona billing tizimini yaratishni soddalashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.
Bugungi kunga kelib davlat rahbari va hukumatning qator qarorlari qabul qilindi, qurilish sohasida ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Jumladan, qurilish ruxsatnomasini olish muddati 84 kunga qisqartirildi. Akselerator jamoasining ishlari natijalariga ko‘ra, qurilishga ruxsatnoma olish muddati o‘rtacha 30 kunga bartaraf etildi. Jumladan, qurilish ruxsatnomalarini berishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlandi. Shu bilan birga, ruxsat berishdagi kechikishlarni optimallashtirish va bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etirilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi. Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, Akselerator jamoasi tadbirkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor va “Ayollar daftari” reyestriga kiritilgan 55 nafar ayollar ro‘yxatini shakllantirdi. Kasb-hunar kurslari tashkil etilib, loyiha ishtirokchilariga biznes-rejalarni ishlab chiqish, o‘z korxonalarini ro‘yxatga olish va imtiyozli kreditlar berilishiga ko‘maklashildi.
Shuningdek, Akselerator tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Takliflar loyiha hujjatlarini idoralararo kelishish jarayonini soddalashtirish, qurilishning bosh rejalari va ularni ishlab chiqishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
5,5 milliondan ortiq kommunal xizmatlari iste’molchilarining ma’lumotlari qayta ishlanib, yagona iste’mol identifikatori sifatida foydalaniladigan jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari (JSh ShIR) asosida kommunal xizmatlar o‘rtasida iste’molchilar ma’lumotlarining integratsiyasi ta’minlandi.
BAA tomoni Akseleratorning natijadorligi va O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturini hayotga tatbiq etishda erishilgan muvaffaqiyatlar boshqa mamlakatlarda bunday mexanizmni joriy etishda kuzatilgan natijalardan ancha yuqori ekanligini ta’kidladi.
Marosim ishtirokchilariga fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash, BMT standartlariga muvofiq O‘zbekiston energetika sohasida statistikani shakllantirish, korxonalar uchun reyting tizimini joriy kabi yangi 100 kunlik muddat doirasida Akselerator ishining asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi.
Umuman olganda, BAA hukumati ko‘magida amalga oshirilayotgan Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturi 25 yo‘nalishni, jumladan, Milliy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, davlat xizmatlarini takomillashtirish, "Doing Business" reytingida O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash, innovatsiyalarni joriy etish, soliq va bojxona ma’murchiligini, erkin iqtisodiy zonalarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish hamda rahbar kadrlarni tayyorlash va davlat organlari uchun kadrlar zaxirasini yaratish va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu dastur ijrosi doirasida O‘zbekiston va BAAda 5 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan 124 ta seminar hamda 100 ga yaqin turli qo‘shma tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir yakunida Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
"2019 yilda hukumatlarimiz o‘rtasida shartnoma imzoladik. Bugungi kunda bizda 25 yo‘nalish va 160 dan ortiq tashabbuslarga mavjud va bu biz dunyodagi boshqa davlatlarda har qanday darajada ishlaganda ko‘rgan eng yaxshi natijadir. Bunga misol shuki, bugun hukumatlarimiz o‘rtasida O‘zbekiston Hukumat Akseleratori rasman ishga tushirildi.
Akselerator ishga tushishidan oldin ham Toshkentdagi O‘zbekiston Hukumat Akseleratori jamoasi turli loyihalar bo‘yicha ayrim hukumat jarayonlari va tartiblari vaqtini qisqartirdi.
Eng muhimi, Janob Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston rivojlanish Strategiyasi mavjud bo‘libgina qolmay, uning natijasi aholi farovonligi uchun xizmat qilmoqda, chekka hududlarda samarasi sezilmoqda. Shuningdek, biz Birlashgan Arab Amirliklarida hukumati sifatida O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari, jumladan, turizm, eksport va boshqa ko‘plab sohalarda yuqori natijalarga erishishini guvohi bo‘lyapmiz. Bu ikki mamlakat hukumatlari xalqlarimiz manfaati yo‘lida qanday qilib birgalikda ish olib borishi mumkinligining juda yaxshi namunasidir."
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar
Hukumat Akseleratori
jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Izoh qoldirish