O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

Grafik №1

2025 yil mart oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 19 foizga oshdi

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2025 yilning mart oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 19,0 foizga oshib, 1190 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 3,0foizga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 47,8 foizga ortgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 4,6foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 3,7foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2025 yil mart oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Sirdaryo (45,5 %), Andijon (42,8 %), Qashqadaryo (42,2 %), Jizzax (41,1 %) va Buxoro (40,4 %) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (grafik №2).

2025 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faolligi

Grafik №2

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2025 yil mart oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 923,8 ming tani tashkil etdi va 2025 yilning fevral oyiga nisbatan 184,4 ming tranzaksiyaga (3 %) kamaygan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan 9 ta hududda kamaygan.

2025 yil mart oyida respublikaning 5 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan ortgan. Xususan, Sirdaryo (7,0 %), Andijon (4,4 %) va Buxoro (3,0 %) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich Farg‘ona (7,2 %), Surxondaryo (7,1 %) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,1 %) kamaygan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2025 yilning mart oyida IFIning birja komponenti 1,4786 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 47,8 foizga oshganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 12,5 foizga kamaygani va tuzilgan bitimlar soni 2,1 marta ortganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025 yil mart oyida 7 389,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 9,8 foizga ortgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2025 yil mart oyida 1,0460 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 4,6 foizga ortgan. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga oshgan.

2025 yil mart oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (466 181 birlik) nisbatan 3 115 birlikka ortib, 469 296 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 642 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 370 364 tadan 372 887 taga ortgan (o‘sish 2 523 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 91 775 tadan 91 725 tagacha (-50 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 4 684 tani tashkil etib, 2025 yilning fevral oyiga nisbatan 642 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2025 yil mart oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 0,9631 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning fevral oyiga nisbatan 3,7 foizga kamaygan. 2025 yilning mart oyida yuridik shaxslar tomonidan 339 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1190

↓0,9698

↑1,4783

↑1,0460

↓0,9631

Sirdaryo viloyati

↑1455

↑1,0697

↑2,0000

↑1,0693

↑1,5000

Andijon viloyati

↑1428

↑1,0441

↑2,0000

↑1,0589

↑1,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1422

↑1,0072

↑2,0000

↑1,0512

↑1,2857

Jizzax viloyati

↑1411

↓0,9830

↑2,0000

↑1,0759

↑1,0000

Buxoro viloyati

↑1404

↑1,0295

↑2,0000

↑1,0398

↓0,5000

Toshkent viloyati

↑1401

↓0,9693

↑2,0000

↑1,0507

↑1,0313

Xorazm viloyati

↑1395

↓0,9759

↑2,0000

↑1,0366

↓0,8333

Namangan viloyati

↑1390

↑1,0166

↑2,0000

↑1,0269

↓0,2857

Samarqand viloyati

↑1389

↓0,9833

↑1,9648

↑1,0532

↓0,9231

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1386

↓0,9590

↑2,0000

↑1,0700

↓0,5000

Farg‘ona viloyati

↑1374

↓0,9279

↑2,0000

↑1,0230

↓0,8214

Navoiy viloyati

↑1361

↓0,9950

↑1,9032

↑1,0539

↓0,6667

Surxondaryo viloyati

↑1217

↓0,9285

↑1,6336

↑1,0506

↓0,2500

Toshkent shahri

↑1063

↓0,9646

↑1,1571

↑1,0446

↑1,0895

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1292

↓0,9650

↑1,6743

↑1,0617

↑1,6950

Toshkent shahri

↑1515

↓0,9606

↑1,9210

↑1,6443

↑1,6299

Qashqadaryo viloyati

↑1508

↓0,9980

↑1,9810

↑1,0514

↑4,5000

Samarqand viloyati

↑1458

↓0,9868

↑2,0000

↑1,0566

↑2,6667

Sirdaryo viloyati

↑1438

↑1,0283

↑2,0000

↑1,0608

↑1,5000

Xorazm viloyati

↑1431

↓0,9872

↑2,0000

↑1,0270

↑2,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1413

↓0,8580

↑2,0000

↑1,0144

↑3,0000

Jizzax viloyati

↑1387

↑1,0089

↑2,0000

↑1,0411

↓0,1667

Buxoro viloyati

↑1372

↓0,9936

↑1,8591

↑1,0022

↑2,0000

Navoiy viloyati

↑1346

↑1,0034

↑1,8540

↑1,0133

↑1,0000

Namangan viloyati

↑1296

↑1,0140

↑1,7216

↑1,0589

↓0,6667

Andijon viloyati

↑1284

↑1,0889

↑1,5748

↑1,0744

↑1,2222

Farg‘ona viloyati

↑1272

↓0,8965

↑1,5792

↑1,0364

↑3,2857

Surxondaryo viloyati

↑1262

↑1,0272

↑1,6455

↑1,0756

↓0,2500

Toshkent viloyati

↑1237

↓0,8960

↑1,5546

↑1,0891

↑2,0625

Islombek Saparmatov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar