O‘zbekistonda hududlarning ishbilarmonlik faolligi darajasi oshmoqda

O‘zbekistonda hududlarning ishbilarmonlik faolligi darajasi oshmoqda

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor ma’lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor ma’lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.

Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning avgust oyida respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8%ga oshdi. Soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi Jizzax (41,5%), Toshkent (25,7%), Sirdaryo (21,7%), Navoiy (20,4%) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (11,5%) va Toshkent shahrida (18,0%) qayd etildi.

Soliq tushumlari manbalari bo‘yicha daromad solig‘i 23%ga, mol - mulk solig‘i - 29%ga va yer solig‘i-19%ga oshdi.

Eng past soliq tushumlari Xorazm (6,4%), Qashqadaryo (8,4%) viloyatlarida qayd etildi.

Tahlil qilinayotgan davr uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 20,4%ga oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Jizzax (80,0%), Samarqand (32,2%), Andijon (30,3%), Toshkent (25,4%), Surxondaryo (24,1%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (27,8%) kuzatildi.

Bojxona daromadlarining o‘sishi asosan mahsulot turlari, shu jumladan transport uskunalari va butlovchi qismlari, texnik jihozlar, elektrotexnika va butlovchi qismlari, neft va neft mahsulotlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘tgan yilning shu davriga nisbatan importning qariyb 29,6%ga oshgani bilan bog‘liq.

Eksportning eng katta o‘sishi Xorazm (25,2%), Sirdaryo (22,5%), Surxondaryo (15,0%) va Qashqadaryo (14,2%) viloyatlarida kuzatildi.

O‘zbekiston eksportining o‘sishi kimyoviy moddalar, sanoat tovarlari, agrosanoat mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari eksportining o‘sish sur’atlari bilan izohlanadi.

Shu bilan birga, avgust oyida tovarlarni eksport qilish hajmi yil boshidan beri 5,6%ga kamaydi.

Respublikaning bir qator hududlarida eksportning kamayishi ip-kalava, mineral o‘g‘itlar va trikotaj mahsulotlari eksportining qisqarishi bilan bog‘liq; Toshkent viloyatida metall va undan tayyorlangan mahsulotlar, ip-kalava, oziq-ovqat mahsulotlari eksportining kamayishi; Jizzax viloyatida meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari; Namangan viloyatida ip-kalava va trikotaj mahsulotlari, Qoraqalpog‘istonda plastmassa va ulardan tayyorlangan buyumlar hamda ip-kalava mahsulotlari; Toshkentda tabiiy gaz, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar.

Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 13,8%ga o‘sdi. Kreditlar berishda sezilarli o‘sish Sirdaryo (45,1%), Jizzax (27,2%), Xorazm (20,47%), Navoiy (18,9%), Qashqadaryo (18,3%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (26,9%) qayd etildi.

Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 4,4%ga kamaydi. Shu bilan birga, birja faoliyatining o‘sishi Sirdaryo (9,8%) va Andijon (5,8%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,2) va Toshkent shahrida (3,1%) qayd etildi.

Ushbu hududlarda bitimlar hajmining o‘sishi qurilish va xo‘jalik materiallari, dizel yoqilg‘isi, paxta tolasi, avtomobil benzini, bug‘doy, mineral o‘g‘itlar, texnik bug‘doy uni, urug‘lar, suyultirilgan gaz, shakar, qora va rangli metallarni prokatlash, polietilen va boshqalar kabi tovarlarni sotishni ko‘paytirish hisobiga ta’minlanadi.

Tahlil qilingan davrda 59 625 ta yangi xo‘jalik yurituvchi sub’yekt tashkil etildi, ularning eng ko‘p soni Farg‘ona (5 575), Samarqand (5 458), Toshkent (4 783), Qashqadaryo (4 324), Xorazm (4 321) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4 400) va Toshkent shaharida (11 499) ro‘yxatga olingan.

Sharofiddin Shamsiddinov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar