Yanvar oyida tadbirkorlik sub’yektlarida ruxsatsiz 5 500 ta soliq tekshiruvi o‘tkazilgan

Yanvar oyida tadbirkorlik sub’yektlarida ruxsatsiz 5 500 ta soliq tekshiruvi o‘tkazilgan

Joriy yilning yanvar oyida tadbirkorlik sub’yektlarida Biznes ombudsman ruxsatisiz 5 500 ta soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Bu haqda Biznes ombudsman vakili Abduvali Abdumavlonov ma’lum qildi.

O‘tgan pandemiya davrida Prezident tomonidan 2020 yil yanvar oyigacha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga e’lon qilingan moratoriyni yana bir yilga, ya’ni 2020 yil dekabrgacha cho‘zishga qaror qilingan.

Bundan tashqari, pandemiya davrida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishlarni qisqartirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berilgan edi. Ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida Biznes ombudsman tomonidan barcha nazorat qiluvchi organlarga pandimiya davrida barcha tekshirishlarni keskin qisqartirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

"O‘tgan yil davomida tekshirishlar ikki baravarga qisqarishini kutgan edik, lekin tekshiruvlarni ro‘yxatga olish yagona tizimidan olingan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda 2020 yilda o‘tgan yilga nisbatan faqatgina 10 foizga qisqargani aniqlandi, deydi Abduvali Abdumavlono.

2021 yil yanvar oyida 7700 dan ziyod tadbirkor faoliyatida tekshiruvlar amalga oshirilgan. Bunga asosan sabab soliq qonunchiligi takomillashtirilishi bo‘lgan. Bu tekshiruvlar Biznes ombdusmandan ruxsat olmagan holda amalga oshirilgan. Yanvar oyining o‘zida soliq tekshiruvlari
5,5 mingtadan oshgan.

Bu bo‘yicha hozirda tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Unda tadbirkorlik sub’yektlariga tekshiruv o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishning yangicha mexanizmlarini ko‘rib chiqilgan va taklif berilgan.

Endilikda qonun qabul qilinganda tadbirkorni tekshirishga chiqish uchun yetarlicha asos, risk tahlil instrumentlaridan foydalangan holdagina amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar