Vafot etgan pensionerning olinmay qolgan pensiyasi to‘lab beriladimi?

Vafot etgan pensionerning olinmay qolgan pensiyasi to‘lab beriladimi?

Pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi.

Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu pulni, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga oyning u vafot topgunga qadar o‘tgan kunlari uchun to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar 5 turdan iborat. Ular turiga qarab, 50 foizdan 100 foizgacha to‘lanadi.

Yoshga doir pensiyani olish uchun fuqaroning ish staji inobatga olinadi. Masalan: agar 30 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan ishlayotgan ayol ish stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 25 yil ish staji hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar