Xalq manfaati yo‘lida

Xalq manfaati yo‘lida

Uyma-uy yurib o‘rganishlar jarayonida aholidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning asosiy qismi ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ish joylari bilan ta’minlash masalalariga oid bo‘lmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, viloyat ichki yo‘llarining jami 107,0 km qismi ta’mirlandi. Shundan, 60,5 km yo‘lga shag‘al yotqizildi, 40,8 km yo‘l asfalt qilindi, 5,7 km yo‘l betonlashtirildi.

Murojaatlar asosida aholiga qo‘shimcha 175,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 173 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi, 33,8 km tarmoq yangidan tortildi. Jumladan, O‘rtachirchiq tumani “Yoriq”, “Usmonota” mahallalarida 1,7 km tarmoq tortish ishlari bajarildi.

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 26,4 km tarmoq tortildi, 12 ta suv nasosi, 1 ta suv hovuzi o‘rnatildi, 17 ta suv quvuridagi nosozliklar ta’mirlandi, 1 ta quduq qazish ishlari, 4 ta suv minorasi qurish ishlari yakunlandi. Jumladan, Piskent tumani “Saidovul Baxt” mahallasida 2,1 km tarmoq tortish, 1 ta suv inshooti qurish ishlari yakunlandi.

Internet aloqasini yaxshilash uchun jami 63,2 km uzunlikda optik tola aloqa tarmog‘i tortildi va 650 nafar xonadon internet xizmatiga ulandi.

Ijtimoiy himoya sohasi ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi. Xususan, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Yangiyo‘l tumanlari, Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 2 847 nafar fuqarolar qamrab olindi, 1 700 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 51 nafari shifoxonalarga yotqizildi. Yuqori texnologik operatsiyalarga muxtoj 1 nafar bemorga respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida davolanish uchun order berildi. Oilaviy poliklinikalarda 344 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi. 41 nafar ehtiyojmand fuqarolarga reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari yetkazib berildi.

Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 4 649 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga jami 176 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 1 482 nafar fuqaroga 33,5 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Jami 2 084 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 665 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 695 nafar fuqarolar kasb-hunarga yo‘naltirildi, 724 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 42 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 276,9 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. Shuningdek, Chirchiq shahrida 47 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish jarayonida.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan “Temir daftar” ro‘yxatidagi 1 129 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 2,9 mlrd. so‘mlik moddiy yordam (maishiy texnika, kiyim-bosh, pul mablag‘i va boshqa) ko‘rsatildi.

“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 160 nafar fuqarolarga 1,0 mlrd. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, 56 nafar fuqaroga 392 mln. so‘mlik kontrakt to‘lovi, 42 nafar fuqaroga 50 mln. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi, 38 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 456 mln. so‘mlik hamda safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat uchun 24 nafar fuqaroga 148 mln. so‘mlik ko‘mak berildi.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan 60 nafar kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlanib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, Yangiyo‘l tumani “Umid” mahallasida yashovchi U.Aliboyevaning yolg‘iz onaligi, boquvchisi yo‘qligi bois 3 nafar farzandini o‘zi tarbiyalab kelayotganligi sababli bolalar nafaqasi tayinlandi.

Ishlar davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar