Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori olib kelindi

Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori olib kelindi

Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati hamda virusga qarshi dorilar olib kelindi.

Ushbu jihozlar Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga topshiriladi. Vazirlik hududlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda ularni taqsimlaydi.

Yaqin orada yana shuncha tibbiyot uskunalari va dori-darmonlar yetkazilishi ma’lum qilindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar