XMT: O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga loyiq ekanligini ko‘rsatdi

XMT: O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga loyiq ekanligini ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublikasi To‘qimachilik va tikuvchilik va trikotaj sanoati xodimlari kuni munosabati bilan xalqaro tashkilotlar va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi xamkor tashkilotlari tomonidan tabriklar kelishda davom etmoqda.

Xalqaro mehnat tashkiloti ham ushbu sanaga alohida e’tibor qaratdi. XMTning Asosiy prinsilari va huquqlari bo‘limining katta xodimi, O‘zbekistondagi “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi koordinatori Franchesko DeOvidio o‘z xatida paxta yig‘im-terimida bolalar va majburiy mehnatga barham berish borasida O‘zbekiston katta yutuqlarga erishganini e’tirof etdi.

Xususan, xatda ".... Men O‘zbekistonning paxta yetishtirishda davlat buyurtmasi tizimini bekor qilishi va sohani xususiylashtirishga qaratilgan bozor modeliga o‘tishini va ayni paytda O‘zbekistonning yirik to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi sifatida ko‘rsatishga intilayotganini katta qiziqish bilan kuzatdim. Ushbu islohotlar hal qilinishi mumkin bo‘lgan majburiy mehnat bilan bog‘liq xatarlarni bartaraf etish, shuningdek, adolatli ishga yollash va yetarli ish haqini ta’minlovchi kafolatlangan doimiy bandlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, Franchesko DeOvidio O‘zbekiston To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uyushmasi va uning a’zolari respublikada bandlik masalalarini hal qilishda eng asosiy bo‘g‘in ekanligi ta’kidlagan.

"O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga loyiqligini namoyish etdi va XMT O‘zbekiston hukumati, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va fuqarolik jamiyati bilan O‘zbekistonda aholiga munosib va ​​samarali mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda erkinlik, tenglik, xavfsizlik va inson qadr-qimmati shartlari masalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayer ekanligini bildiradi"- deyiladi murojaatda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar