Xorijda faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimizning aksarida asosiy maqsad kelgusida ko‘chmas mulk yoki mashina sotib olish bo‘ladi. Ammo ularda bunga doim ham imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Kimdadir kelib-ketishga imkon yo‘q. Kimdadir yetarlicha pul yo‘q.
Xalq banki tomonidan taqdim etilayotgan “Expat Home” ipoteka krediti va “Expat Car” avtokreditlari bunda juda qo‘l keladi.
Ipoteka kreditlarining yangi tartibi
Birinchidan, bu orqali xorijda ishlayotgan fuqarolarimiz o‘sha yerning o‘zidan turib kreditga, uy-joy, mashina sotib olishi mumkin.
Ikkinchidan, Xalq banki bu orqali O‘zbekistonga xorijiy investitsiyaning kirib kelishiga qaysidir ma’noda ko‘mak ham beradi.
Endi xorijda ishlab pul yig‘ib yurishingiz shart emas. Ham ishingizni davom ettirasiz, ham uy-joyli, mashinali bo‘lish imkoniyati sizda mavjud.
Izoh qoldirish