Yangi neft va gaz konlarini ochish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

Yangi neft va gaz konlarini ochish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

Yuqori chuqurlikda joylashgan hamda yangi statigrafik qatlamlarni neftgazlilik istiqbolini aniqlash bo‘yicha izlov – qidiruv ishlari olib borilmoqda.

USTYuRT HUDUDIning markaziy qismida 3 – 4 ming metr chuqurlik oralig‘ida joylashgan quyi yura qatlamlarni neftgazlilik istiqboli aniqlandi.

Arslon, Inom, Quyi Surgil, Beshqala, Kushkair, Araliq kabi gazkondensati konlarini ochishga erishildi.

Bugungi kunda Alpomish, Quyi Sharqiy Berdaq kabi maydonlarda izlov burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

BUXORO-XIVA HUDUDIning janubi-g‘arbiy qismida 2200-2700 metr chuqurlik oralig‘ida joylashgan o‘rta va quyi yura terrigen qatlamlarini neftgazlilik istiqboli aniqlandi.

G‘arbiy Haqqul, Chekkakum, To‘maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Shorqum kabi gazkondensati konlarini ochishga erishildi.

Bugungi kunda Sharqiy Xatar kabi maydonlarda izlov burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, kam xarj talab qiladigan, kichik chuqurlikda joylashgan (1800 metrgacha) qatlamlarni neftgazlilik istiqbolini aniqlash bo‘yicha izlov – qidiruv ishlari olib borilmoqda.

BUXORO-XIVA HUDUDIning markaziy qismida Istiqlol-25, Jayron, Do‘ltatepa kabi gazkondensati konlarini ochishga erishildi.

Bugungi kunda Shon-Sharaf maydonida izlov burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

FARG‘ONA HUDUDIda Uchtepa va Chakar neftgazkondensat konlarini ochishga erishildi (1050-1250 metr). Bugungi kunda mazkur konlarda razvedka ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Farg‘ona hududlarida paleozoy yotqiziqlarini va kam o‘rganilgan hududlarni (Xorazm, O‘rta Sirdaryo, Markaziy Qizilqum, Zarafshon) neftgazlilik istiqbolini aniqlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.


"O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar