Yangi professional ta’lim tizimi oldingi o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim tizimidan nimasi bilan farq qiladi?

Yangi professional ta’lim tizimi oldingi o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim tizimidan nimasi bilan farq qiladi?

“Birinchi, asosiy farqi: oldin bir qolipda ishlaydigan kasblarning murakkabligi, u yerda shakllanadigan amaliy ko‘nikmalar hajmi, mas’uliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, 3 yillik standartda ishlaydigan o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim diplomi beradigan kasb-hunar kollejlari mavjud edi”, deydi vazir o‘rinborsi.

Murodilla Xolmuhamedovning ta’kidlashicha, yangi tizim 3 toifaga bo‘linadi.

Birinchi toifa — yangi muassasalar tarmog‘i bo‘ldi. Bu muassasalar kasb-hunar maktablari deb ataladi. Bu maktabning yuqori sinfida birlamchi kasbiy tayyorgarlikdan o‘tadigan, boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan kasb-hunar maktablaridir. Ularning soni 339 ta etib belgilandi.

Bu yil ularga birinchi marta qabul amalga oshirildi. Hozir kasb-hunar maktablarida o‘quv-jarayoni davom etmoqda.

Ikkinchi toifa – ta’lim muassasalari — idoraviy kollejlar.

Ma’lumki, iqtisodiyotning real sohalariga juda katta miqdorda investitsiya kiritildi. Bu investitsiyalar bo‘yicha hududlarda joriy etilayotgan loyihalarning hammasi yangi, innovatsion texnologiyalarga asoslangan.

Ochilayotgan yangi ish o‘rinlari ham — ana shu yangi texnologik jarayonlarga mo‘ljallangan ish o‘rinlari.

Vazirlik, idora va yirik ish beruvchilarga taqsimlab berildiki, o‘zlarining loyihalarini hayotga tatbiq qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishda mazkur kollejlar orqali yangi yaratilgan ish o‘rinlariga maqsadli ravishda mutaxassis tayyorlaydi.

Uchinchi toifa – ta’lim muassasalari — texnikumlar tarmog‘i.

Bu Sobiq Ittifoq davridagi texnikumlardan ta’lim dasturlarining maqsadi, vazifasi, ushbu dastur asosida shakllanadigan bilim, malaka, ko‘nikma, kompetensiyalarning murakkablik darajasi, hajmi bilan tubdan farq qiladi.

Oliy ta’lim dasturlari bilan uyg‘unlashtirilgan holda, bakalavrning to‘rtdan bir qismida shakllanadigan bilim, malaka, ko‘nikmalari texnikumlarning o‘quv reja va o‘quv dasturiga singdirildi.

Texnikumni yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarga ta’lim maskanini bitirganidan keyin imtihonsiz bakalavriatning 2-kursidan o‘qishni davom ettirish imkoniyati berildi. Bunday imtiyoz oldingi texnikumlarda bo‘lmagan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar