Yoshlar ittifoqi rahbari Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga tayinlandi

Yoshlar ittifoqi rahbari Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga tayinlandi

Prezidentning 10 iyul kungi qarori bilan Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan, Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Agentlik Prezidentning 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar