2019 yilda O‘zbekiston ilk marotaba Rossiyaga eng yirik ko‘kat yetkazib beruvchi mamlakatga aylandi. East fruit tahlilchilari ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 8 oyi mobaynida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19% ko‘proq mahsulot yetkazib berib, sotuv hajmini 12,9 ming tonnaga yetkazdi. Bu esa bozorning 40 % ulushi demakdir. Shu bilan bir qatorda o‘zbek ko‘katlari raqiblarinikidan arzonroq hisoblanadi.
Hisobot davrida Eron umumiy hisobda 11,2 mln. $lik mahsulot eksport qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 14%ga kam demakdir. O‘zbekiston esa bu eksport bitimlaridan 9 mln. $ ishlab olgan.
Avvalgi yillarda bu bozorda Eron yetakchilik qilgan. Rossiyaga qo‘shni Gruziyaning ekporti 25% ga kamaygan va bozorga 1,8 ming tonna ko‘kat yetkazib bergan.
O‘zbekistonda mahalliy eksportyorlar fermerlardan ko‘katlarni kilogrammiga 30 sent (2840 so‘m)dan mahalliy valyutada sotib olmoqda. Agar yaxshi qaralsa, bir gektar yerdan 3000 – 9000 $ (28,4 mln. – 85,2 mln. so‘m) foyda olish mumkin.
O‘zbekistonda Gruziyaga nisbatan ishchi kuchining arzonligi ham eksportyorlarimizning Rossiyada birinchi raqam egasiga aylanishlariga sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish