O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yilning 12 noyabridan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yilning 12 noyabridan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9490.77 so‘m etib belgilandi. Bu esa dollar kursining o‘tgan hafta belgilangan qiymatiga nisbatan (+23.50) so‘mga oshganini ko‘rsatadi. Yevro kursi esa oy boshidagi ko‘rsatkichga nisbatan (-115.18) pastlab, 10455.03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, Rossiya rublida ham pastlash (-0.31) kuzatilib, 148.82 so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish