O‘zbekistonda ishlab chiqilgan xalqaro standart BMT tomonidan tasdiqlandi
BMT Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasining 2019 yil 20 noyabrdagi yig‘ilishida ilk bor O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standart qabul qilindi.
BMT Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasining 2019 yil 20 noyabrdagi yig‘ilishida ilk bor O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standart qabul qilindi. Quritilgan qovun mahsulotiga sifat talablarini belgilovchi ushbu standart “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi, mahalliy korxonalar mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar ko‘magida ishlab chiqildi. Amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan standart BMTning Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasida ijobiy baholandi, xalqaro maydonda, jumladan komissiya tarkibidagi AQSh, Germaniya, Turkiya, Eron, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Standart me’yorlari quritilgan qovun mahsulotiga qo‘yilgan asosiy sifat talablarini, yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlarni, sinflanishi, tamg‘alash, qadoqlanishi bo‘yicha aniq talablarni belgilab beradi. Quritilgan qovun standartini xalqaro kengash tomonidan qabul qilinishi mahsulot eksport geografiyasini kengaytirishga, yangi jozibador eksportbop mahsulotlar ishlab chiqishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar daromadlarini oshirishga va yangi ish joylarini yaratilishda ahamiyatlidir.
Izoh qoldirish