Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti "Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

Sanitariya-epidemiologik xulosasi majburiy tartibda olinishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatini olish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Bunda, ushbu mahsulotlarni tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), yetkazib beruvchilar va sotuvchilar ularning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi

2021 yil 1 sentyabrdan ayrim turdagi xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklaratsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, muvofiqlikni deklaratsiyalash texnik reglament talablari asosida mahsulotning to‘liq sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng ijobiy sinov natijalariga ko‘ra tuziladigan sinov bayonnomalari asosida muvofiqlik sertifikati berilmagan holda amalga oshiriladi.

2021 yil 1 noyabrdan boshlab import qiluvchilarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorga sifatli va xavfsiz mahsulotlarning kirib kelishini ta’minlash tartibi joriy qilinmoqda.

Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish (jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno) tartibi joriy etiladi.

Respublikaga olib kelinadigan mahsulotlarning texnik reglamentlar, standartlar va qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan nazorat Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki uning tuzilmasidagi vakolatli tashkilot tomonidan xavf-xatarlar tahlili asosida amalga oshiriladi;

Shuningdek, majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar ro‘yxatini yuritish Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki uning tuzilmasidagi vakolatli tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Texnik jihatdan tartibga solish, xavfsizlik va mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash sohasidagi majburiy talablarning bajarilishi uchun javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi:

tashkilot standartlari toifasiga kiruvchi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlarini haq olmasdan amalga oshirish haqidagi takliflari ma’qullansin.

Bunda, tashkilot standartlarida belgilanadigan ko‘rsatkichlar (talablar) O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan tegishli mahsulotlarga oid standartlar talablaridan past bo‘lgan hollarda, ushbu tashkilot standartlariga asosan mahsulot muvofiqligini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar